Tadbirkorlik — mening maqsadim

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi Uchko’prik tumani filiali xodimlari tomonidan tumandagi ko’plab umumta’lim maktablarida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ularni startup tashabbuslari, g’oya va loyihalarini ro’yobga chiqarishda ko’maklashish maqsadida turli o’quv seminarlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi manzil esa tumandagi 43- umumiy o’rta talim maktabi bo’ldi. Dastavval maktabda tashkil etilgan mazkur o’quv seminar ‘’Tadbirkorlik mening maqsadim’’ mavzusida bo’ldi. Unda o’z oldiga ulkan maqsadlarni qo’ygan hamda tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan yoshlar, maktabning faol o’quvchilari jami 30 nafar bitiruvchilar ishtirok etdi. Filial xodimlari tomonidan “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturining mazmun — mohiyati, imtiyozli kredit berish tartibi to’g’risida tushunchalar berib o’tishdi. Qiziqarli muzokaralarga boy bo’lgan ushbu o’quv seminar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

Qanday qilib biznes g’oya topish mumkin?

Joriy yilning 24 – oktabr kuni “Yoshlar-kelajagimiz” Jamg’armasi Uchko’prik tumani filiali bosh mutaxassisi B.Aliyev tomonidan filial qoshida tashkil etilgan biznes klub a’zolariga “Qanday qilib biznes g’oya topish” mavzusida seminar trening tashkil etildi. Trening davomida qanday qilib biznes g’oya topish va uni rivojlantirish bo’yicha namunaviy yo’l xaritasi klub a’zolariga taqdim etildi. Yo’l xarita orqali yoshlarga biznes boshlamoqchi bo’lgan yosh o’zining kuchli tomoni, qiziqishi, muammosi nimada ekanligi, shu orqali qaysi yo’llar bilan yechim topib uni bartaraf etish haqida bilimlar berib o’tildi. Seminar trening qiziqarli savol javoblarga boy bo’ldi.

www.facebook.com/ykuchkuprik

https://telegram.me/ykuchkuprik

http://ykuchkuprik.zn.uz

Maktab bitiruvchilariga o’quv seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 22 oktabr kuni «Yoshlar-kelajagimiz» jamg’armasi Uchko’prik tuman filiali bosh mutaxassislari tomonidan, tumanda joylashgan 27-umumiy o’rta ta’lim maktabining bitiruvchi yoshlari ishtirokida o’quv seminar tashkil etildi. «Muvaffaqiyatga erishish sirlari» mavzusidagi ushbu o’quv seminarda 20 nafar bitiruvchi yoshlar ishtirok etib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi

Orzu- niyyat- maqsad — natija…

Eng avval orzudan boshlangan niyyat keyinchalik insonni maqsad sari yetaklaydi. Joriy yilning 22 oktabr kuni “Yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasining Uchko’prik tumani filiali xodimlari tomonidan tumanda tadbirkorlikka qiziquvchi 23 — nafar uyushmagan yoshlar uchun tashkil etilgan seminarning mavzusi shu haqda bo’ldi. Qiziqarli va ko’tarinki ruxda bo’lib o’tgan ushbu seminarda maqsadning aniq bir funksiyasi va uning qancha muddat oralig’ida amalga oshish ko’rsatgichi, orzu va maqsadning ro’li shu bilan birga innovatsion g’oyalarning bugungi kundagi ahamiyatiga alohida to’xtalib o’tildi. 25 nafar yoshni qamrab olgan ushbu seminar qizg’in baxs munozaralarga boy bo’ldi.

www.facebook.com/ykuchkuprik

https://telegram.me/ykuchkuprik

http://ykuchkuprik.zn.uz

“Biznes — muvaffaqiyat kaliti“

Yoshlarni har tomonlama qo’llab quvvatlash, ularga yetarlicha shart-sharoitlar yaratish — bugungi zamon talabi. Bu borada ertamiz egalarini tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishi yanada oshirish, ularni istiqbolli loyihalarini rivojlantirishga ko’maklashishda joylardagi «Yoshlar-kelajagimiz» jamg’armasining o’rni alohida. Joriy yilning 22 oktabr kuni «Yoshlar-kelajagimiz» jamg’armasi Uchko’prik tumani filiali xodimlari tomonidan 7-umumiy o’rta talim maktabida tashkil etilgan ‘’ Biznes — muvaffaqiyat kaliti ‘’ mavzusidagi o’quv seminari maktabning tadbirkorlik soxasiga qiziquvchi yoshlari uchun ayni muddao bo’ldi. Unda jamg’armaning mutaxasiss xodimlari tomonidan «Yoshlar-kelajagimiz» Davlat dasturi mazmun — mohiyati, tadbirkorlik sirlari va biznesni boshlashdagi jihatlar va qoidalar to’g’risida tushunchalar berildi.

 

Maktab bitiruvchilariga ochiq muloqot tashkil etildi.

#yoshlar-kelajagimiz

#Uchko’prik

«Yoshlar-kelajagimiz» jamg’armasi Uchko’prik tumani filiali bosh mutaxassislari tomonidan, 14-oktabr kuni tumanda joylashgan 23-umumiy o’rta ta’lim maktabining bitiruvchi yoshlari ishtirokida «Yoshlar-kelajagimiz» Davlat dasturi mazmun — mohiyati, imtiyozli kredit berish tartibi to’g’risida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.Ochiq muloqotda 107 nafar tadbirkorlikka qiziqqan bitiruvchi yoshlar ishtirok etib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

 

Yoshlar bizning kelajagimiz.

Joriy yilning 9 oktabr kuni «Yoshlar-kelajagimiz » jamg’armasi Uchko’prik tumani filiali mutaxassislari tomonidan tumandagi 26 — umumiy o’rta ta’lim maktabi 11 — sinf o’quvchilariga «»Yoshlar-kelajagimiz» Davlat dasturi» mavzusida o’quv seminar tashkil etildi. Seminarda tadbirkorlikka ilk qadam qo’yayotgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagida bo’lgan yoshlarga Davlat dasturi mazmun mohiyati, uning imkoniyatlari to’g’risida kerakli ma’lumotlarni olishdi hamda bilimlarini mustahkamlashdi. Seminar ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi.

Biznesning oltin qoidasi

Joriy yilning 8- oktabr kuni «Yoshlar-kelajagimiz» jamg’armasi Uchko’prik tumani filiali mutaxassislari tomonidan tumandagi 25 — umumiy o’rta ta’lim maktabi bitiruvchilariga «Biznesning oltin qoidasi» mavzusida o’quv seminar tashkil etildi. Seminarda tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar tadbirkorlik bo’yicha bilimlarini mustahkamlashdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.